Суперлига. «Neftchi» Toshkentda «Paxtakor»dan ustun keldi
Superliga 25-turining markaziy bellashuvida «Paxtakor» o‘z maydonida «Neftchi»ga qarshi o‘ynab, 2:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi. O‘yinda dastlab Dostonbek Hamdamov 23-daqiqada penaltidan gol urdi. 55-daqiqada Stipe Peritsa muvozanatni tikladi. Oradan 11 daqiqa o‘tib, Koffi Kuao farg‘onaliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 89-daqiqada Jamshid Iskanderov penaltidan yakuniy nuqtani qo‘ydi. Shu vaziyatda mezbonlar futbolchisi Dilshod Abdullayev maydondan chetlatildi.
Ushbu natijadan so‘ng Ismoilov jamoasi ochkolari sonini 58 taga yetkazib, 1-o‘rinni mustahkamladi. «Paxtakor» esa 53 ochko bilan 2-pog‘onada bormoqda.
Superliga. 25-tur
Paxtakor – Neftchi 1:3
Gollar: Dostonbek Hamdamov 23 penalti – Stipe Peritsa 55, Koffi Kuao 66, Jamshid Iskanderov 89 penalti.