locale OZ

«Navbahor» Hamraliyevni qo‘llab-quvvatladi: «Sen 227 nafar emas, 22 751 muxlisni xursand qilding»

Namangan klubi «Paxtakor»ning rasmiy sahifasidagi kinoyali postga munosabat bildirdi va PFLdan vaziyatga e’tibor qaratishni so‘radi.
«Navbahor» Hamraliyevni qo‘llab-quvvatladi: «Sen 227 nafar emas, 22 751 muxlisni xursand qilding»
photo: Navbahor FK
O‘zbekiston Superligasi
17.10.2026, Yak.
Navbahor Namangan
1
Paxtakor Toshkent
1

«Navbahor» Hamraliyevni qo‘llab-quvvatladi: «Sen 227 nafar emas, 22 751 muxlisni xursand qilding»

Namangan klubi «Paxtakor»ning rasmiy sahifasidagi kinoyali postga munosabat bildirdi va PFLdan vaziyatga e’tibor qaratishni so‘radi.

«Navbahor» klubi «Paxtakor»ning Instagram'dagi rasmiy sahifasida Muhammadqodir Hamraliyevga nisbatan bildirilgan kinoyali munosabat yuzasidan bayonot berdi.

Gap «Paxtakor»ning rasmiy sahifasida «Sen bir gol urmagin ekan» mazmunidagi kinoyali so‘zlar bilan «Navbahor» futbolchisining sobiq jamoasi darvozasiga urgan golini nishonlaganiga munosabat bildirilgani haqida bormoqda.

«Navbahor» ko‘p yillik tarix va o‘ziga xos obro‘ga ega klubning rasmiy sahifasida boshqa jamoa futbolchisining sha’ni va qadr-qimmatiga tegishi mumkin bo‘lgan bunday post e’lon qilinishini tanqid qildi. Klub professional futbolchi amaldagi jamoasi uchun o‘ynashi va g‘alabaga hissa qo‘shishi kerakligini ta’kidladi.

Shuningdek, bayonotda FIFA, OFK yoki PFL reglamentlarida futbolchining sobiq jamoasi darvozasiga gol urganidan keyin uni nishonlashini taqiqlovchi qoida mavjud emasligi qayd etildi. «Navbahor» avval ham sobiq futbolchilari jamoa darvozasini ishg‘ol qilib, golni nishonlagan holatlarga duch kelganini, biroq bunday vaziyatlarda futbolchilarni omma oldida qoralamaganini bildirdi.

«Navbahor» PFK amaldagi har bir futbolchisi, murabbiyi va xodimini qadrlashi, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishini ta’kidladi. Klub PFLdan ushbu vaziyatni e’tiborsiz qoldirmaslikni so‘radi. Bayonotda rasmiy sahifada e’lon qilingan har qanday post klub pozitsiyasini ifodalashi ham alohida qayd etildi.

Bayonot yakunida «Navbahor» Muhammadqodir Hamraliyevga murojaat qilib, uni qo‘llab-quvvatladi:

«Muhammadqodir, sen kecha urgan goling va uni nishonlashing bilan ranjitgan muxlislaringdan yuz barobar ko‘proq ishqibozni xursand etding. Zero, stadionda 227 nafar emas, 22 751 nafar tomoshabin bor edi. Senga ularni har bir o‘yinda shunday xursand qilish nasib etsin. Otangga balli, topganing halol bo‘lsin!»

Eslatib o‘tamiz, «Navbahor» - «Paxtakor» bahsida 1:1 hisobi qayd etilgan edi. Superliga turnir jadvalida namanganliklar 46 ochko bilan 3-o‘rinda, toshkentliklar esa 53 ochko bilan 2-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, peshqadam «Neftchi» hisobida 55 ochko mavjud.

photo: Paxtakor fk sahifasi
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting