Superliga. «Bunyodkor» Toshkentda «Mash’al»dan ustun keldi
Superliga. «Bunyodkor» Toshkentda «Mash’al»dan ustun keldi
Ivan Boshkovich boshqaruvidagi poytaxtliklar bu g‘alabadan so‘ng 13-o‘ringa ko‘tarildi.
Superligada 25-tur uchrashuvlari start oldi. «Bunyodkor» Toshkentda «Mash’al» bilan kuch sinashdi. Unda Ivan Boshkovich shogirdlari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab Zafarbek Akramov mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan biroz o‘tib, Islom Anvarov muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim oxirlariga yetmasdan Shamsiddin Tursunmaxamadov ikkinchi golni urdi.
Bu g‘alabadan so‘ng «Bunyodkor» ochkolari sonini 26 taga yetkazib, 13-o‘ringa ko‘tarildi. «Mash’al» esa 4 ochko bilan 16-pog‘onada.
Superliga. 25-tur
Bunyodkor – Mash’al 2:1
Gollar: Zafarbek Akramov, 11 (0:1), Islom Anvarov, 17 (1:1), Shamsiddin Tursunmaxamadov, 34 (2:1)
Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 9.Matiya Krivokapich, 10.Amir To‘raqulov, 13.Muhammad Hakimov, 17.Muzaffar Olimjonov, 18.Narimonjon Ahmadjonov, 27.Islom Anvarov, 42.Abdulhamid Ikromov, 45.Shamsiddin Tursunmahammadov, 66.Azizbek To‘lqunbekov, 74.Ivan Bukrin.
Mash’al: 73.Vladislav Rusanov, 2.Zafar Akramov, 5.Komiljon Tojiddinov (77.Izzatillo Abdulhaqov, 56), 8.Sardor Abduraimov, 19.Toxir To‘xtasinov (22.Muhammadbobur Mo‘ydinov, 67), 24.Ifeani Ifeani, 28.Ergash Ismoilov, 38.Sunnatulla Yarashev, 67.Og‘abek Abdiraximov, 76.Firdavs Jovliyev (7.Vlatko Stoyanovski, 67), 99.Bobir Asqarov.