locale OZ

«Chelsi» Fermin Lopes uchun 100 million yevrodan ortiq taklif tayyorlamoqda

Lopesning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2031-yil yozigacha amal qiladi.
Futbol
«Chelsi» Fermin Lopes uchun 100 million yevrodan ortiq taklif tayyorlamoqda
Фото: Getty Images

«Chelsi» o‘z tarkibiga «Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopesni qo‘shib olishga yana bir bor urinib ko‘rmoqchi. Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yozgi transfer oynasidagi muvaffaqiyatsiz urinishdan keyin London klubi ispaniyalik futbolchi nomzodiga qaytish va 100 million yevrodan ortiq taklif tayyorlashni rejalashtirmoqda.

Bunday katta summa kataloniyaliklar rahbariyatini murakkab tanlov qarshisida qoldirishi mumkin. Biroq bu klub muzokaralarni boshlashga rozi bo‘lishini anglatmaydi. «Barselona» futbolchini saqlab qolishdan manfaatdor va uni jamoadan ketkazishni istamayapti.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting