locale OZ

Eddi Xau “Manchester Yunayted” bosh murabbiyligiga asosiy nomzodga aylandi

Jamoaning amaldagi ustozi Maykl Kerrikning kelajagi so‘nggi muvaffaqiyatsiz natijalardan keyin jiddiy muhokama qilinmoqda.
Futbol
Eddi Xau “Manchester Yunayted” bosh murabbiyligiga asosiy nomzodga aylandi
Foto: Getty Images

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiylik lavozimiga Eddi Xau nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Jamoaning amaldagi ustozi Maykl Kerrikning kelajagi so‘nggi muvaffaqiyatsiz natijalardan keyin jiddiy muhokama qilinmoqda. Bu haqda talkSPORT nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Manchester Yunayted” sport direktori Jeyson Uilkoks Kerrik iste'foga chiqarilgan taqdirda Eddi Xauni jamoaga olib kelish tarafdori. Rahbariyat mutaxassisning Angliya Premyer-ligasidagi tajribasi va jamoa qurish borasidagi ko‘nikmalarini yuqori baholamoqda.

“Qizil iblislar”ning so‘nggi uchrashuvlardagi omadsiz ishtiroki murabbiylar shtabiga nisbatan bosimni kuchaytirgan. Xususan, “Komo”ga qarshi Chempionlar ligasidagi 1:4 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng Kerrikning jamoada qolishi masalasi yana kun tartibiga chiqqan. Hozircha klub murabbiy almashinuvi bo‘yicha rasmiy qaror qabul qilmagan.

Ma’lumot uchun, Eddi Xau avval “Bornmut” va “Nyukasl” klublarini boshqargan. Uning qo‘l ostida “Nyukasl” 2025-yilda Angliya Liga kubogini qo‘lga kiritgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting