locale OZ

Kamoliddin Tojiyev: «Gapirmayman deymanu, lekin gapirmasa bo‘lmaydi»

«Paxtakor» ustozi «Navbahor»ga qarshi bahsdan so‘ng hakamlarni tanqid qildi.
Kamoliddin Tojiyev: «Gapirmayman deymanu, lekin gapirmasa bo‘lmaydi»
photo: Navbahor FK
O‘zbekiston Superligasi
17.10.2026, Yak.
Navbahor Namangan
1
Paxtakor Toshkent
1

Kamoliddin Tojiyev: «Gapirmayman deymanu, lekin gapirmasa bo‘lmaydi»

«Paxtakor» ustozi «Navbahor»ga qarshi bahsdan so‘ng hakamlarni tanqid qildi.

Namanganda bo‘lib o‘tgan markaziy to‘qnashuvda kuchlar teng keldi – 1:1.
«Paxtakor» bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida bosh hakamni tanqid qildi.

- Qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Yaxshi o‘yin bo‘lishini bilardik. «Navbahor» ham yaxshi jamoa. Muxlislarga yoqadigan o‘yin bo‘ldi, deb o‘ylayman. Futbolchilarimga katta rahmat, ko‘p mehnat qilishdi. Butun mavsum davomida hakamlar haqida gapirmasdim, ammo bugun hakamlar g‘alaba qozonishimizga berishmadi. Birinchi qo‘yilgan penaltini ko‘rdik, yonida yugurib ketayotgan futbolchi yiqilib tushdi, 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi. Oxirida Flamarionni belidan tortib oyog‘iga tepdi, penalti yo‘q. Gapirmayman deymanu, lekin gapirmasa bo‘lmaydi. O‘yinchilarimga oxirigacha kurashishgani uchun rahmat.

- Sobiq shogirdlaringiz «Paxtakor»ga munosib qarshilik ko‘rsatishdi. Bunga munosabatingiz qanaqa?

- Yaxshi futbolchilar. Har doim «Paxtakor»da o‘ynab kelishgan. Yaxshi va o‘zini darajasidagi o‘yinchilar. Mahoratini namoyish qilishdi.

- O‘yindan qoniqqan va qoniqmagan tomonlaringiz nimada va bu chempionatda kim g‘olib chiqadi?

- O‘yin bo‘yicha barcha futbolchilardan qoniqdim, oxirigacha kurashishdi. O‘zinglar ko‘rdinglar, yutishga berishmadi. Oxirigacha kurashamiz, o‘yinlar oldinda. Asosiy raqobatchimiz bilan uyda o‘ynaymiz.

- Hakam takroriy lavhani ko‘rmaganidan keyin ham qarorini o‘zgartirmaganini qanday baholaysiz?

- Men buni tushunmadim. Sen tegmading, yonida yaqin yugurding, xavfli debdi Sherzodga. Qanaqa tushunish mumkin? O‘yinchiga tegmasa penalti qo‘yadimi?

- Raqibni o‘yini haqida fikringiz?

- Qiyin bo‘lishini bilardik. Yaxshi o‘yin ko‘rsatadi. Shunga jiddiy tayyorgarlik ko‘rib keldik. Mavsum boshida uyda o‘ynaganimizda ham qiynalganmiz. Bekorga sovrinli o‘rinlarda ketmayapti.

- Mutaxassis sifatida bu yilgi Kubok sohibi kim bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?
- Kuchli jamoa g‘olib bo‘ladi. Hozir yengil o‘yinlar yo‘q. Kimnidir kuchli yoki kuchsiz deb bo‘lmaydi. Hamma oxirigacha kurashadi. Hech kimga oson bo‘lmaydi.

- «Paxtakor»ni OCHL Elitdagi navbatdagi bo‘ladigan o‘yinlari oldidan nima deysiz?

- OCHLda yaxshi o‘yin ko‘rsatyapmiz, kurashamiz. Guruhdan chiqish maqsadimiz bor. Futbolchilar yaxshi o‘yin ko‘rsatyapti. Keyingi o‘yinlarda g‘alaba qozonib, birinchi maqsadimiz guruhdan chiqish.

- Keyingi turda «Paxtakor» «Neftchi»ni qabul qiladi. O‘sha uchrashuv chempionlik taqdirini hal qiladimi?

- Markaziy o‘yin bo‘ladi. Kim g‘alaba qozonsa o‘sha chempionlikka katta qadam qo‘ygan bo‘ladi», - deya Tojiyevning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting