locale OZ

Shohrux Abdurahmonov: «Paxtakor» — prinsipial raqib. Bunday o‘yinlar motivatsiya beradi»

«Navbahor» yarimhimoyachisi Superliga 24-turidan o‘rin olgan markaziy bahs oldidan fikrlarini bildirdi.
Shohrux Abdurahmonov: «Paxtakor» — prinsipial raqib. Bunday o‘yinlar motivatsiya beradi»
photo: Navbahor FK
O‘zbekiston Superligasi
17.10.2026, 10.00
Navbahor Namangan
-
Paxtakor Toshkent
-

Shohrux Abdurahmonov: «Paxtakor» — prinsipial raqib. Bunday o‘yinlar motivatsiya beradi»

«Navbahor» yarimhimoyachisi Superliga 24-turidan o‘rin olgan markaziy bahs oldidan fikrlarini bildirdi.

Superliganing 24-turidan o‘rin olgan «Navbahor» — «Paxtakor» bahsi arafasida «lochinlar»ning 27 yoshli yarimhimoyachisi Shohrux Abdurahmonov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Navbahor» va «Paxtakor» Superliganing muntazam ishtirokchilari hamda sovrindor jamoalari hisoblanadi. Shu bois klublar prinsipial raqib hamda ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlar doimo shiddatli va keskin kurashlar ostida kechgan. Albatta, bu safargi bahs ham bundan mustasno bo‘lmaydi va o‘yin kurashlarga boy tarzda kechadi, degan umiddaman. Boisi bunday bellashuvlar futbolchilarga o‘zgacha motivatsiya beradi hamda maydonda barcha imkoniyatimizni ishga solish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.

Bundan tashqari, jamoalar turnir jadvalida qo‘shni bo‘lgani, poytaxtliklar chempionlik, «Navbahor» esa sovrindorlar safidan o‘rin olish uchun kurash olib borayotgani bois bo‘lajak uchrashuvning tomoshabop kechishi ehtimoli yuqori.

Biz ham ushbu o‘yinda maydonga boshqacha ruh hamda ishtiyoqda tushib, g‘alaba qozonib, muxlislarga quvonch ulashishga harakat qilamiz hamda buni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz. Ishqibozlardan esa jamoamizni bevosita stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab, g‘alabamizga madadkor bo‘lishlarini so‘rab qolaman», — deya Abdurahmonovning so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting