locale OZ

Ronalduning 982-goli bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi

Portugaliyalik yulduzning zarbasi raqib himoyachisiga tegib darvozadan joy oldi.
Futbol
Ronalduning 982-goli bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi
Foto: Getty Images

Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Al-Faysaliy”ga qarshi uchrashuvda kiritilgan gol muallifligi yuzasidan bahs markazida qoldi. Portugaliyalik yulduzning zarbasi raqib himoyachisiga tegib darvozadan joy oldi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, uchrashuvning 49-daqiqasida Joau Feliksning jarima zarbasidan uzatgan to‘pini Ronaldu boshi bilan yo‘naltirgan. Biroq to‘p “Al-Faysaliy” himoyachisi Andrey Girottoga tegib, darvozaga kirgan. Mazkur vaziyat gol muallifligi yuzasidan turli talqinlarni keltirib chiqargan.

Saudiya Arabistoni Pro-ligasi rasmiy statistikasida gol Ronaldu hisobiga yozilgan. Biroq Opta statistik xizmati vaziyatni tahlil qilib, uni Girottoning avtogoli sifatida baholagan. Shu tariqa portugaliyalik hujumchining faoliyatidagi gollari soni bo‘yicha statistik manbalar o‘rtasida tafovut yuzaga kelgan.

Ma’lumot uchun, “An-Nassr” mazkur uchrashuvda “Al-Faysaliy”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Saudiya ligasi hisobiga ko‘ra, Ronaldu faoliyatidagi 982-golini qayd etgan va 1000 ta gol marrasiga yetishi uchun yana 18 ta gol kerak.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting