locale OZ

Mirko Yelichich: \"Bu 10 oylik mehnat jarayonining mahsuli\"

O'zbekiston kubogi doirasidagi “Neftchi”-"Lokomotiv" 2:4 bahsidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Mirko Yelichich: "Bu 10 oylik mehnat jarayonining mahsuli"
photo: Lokomotiv fk

O'zbekiston kubogi doirasidagi “Neftchi”-"Lokomotiv" 2:4 bahsidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Mirko Yelichich o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Haqiqiy kubok o‘yini, ko‘plab gollarni ko‘rdik, jamoalar yuqori kayfiyatda o‘yinga yetib keldi. "Neftchi" oxirigacha kurashdi. Ikkala jamoa ham yaxshi vaziyatlarga ega bo‘lishdi. Bu futbol, biz ham so‘nggi daqiqagacha kurashdik va raqibga haqiqiy jangni taklif qildik. Yigitlarga bugungi o‘yin uchun rahmat aytaman. Kubokning bunday o‘yinlarini tomosha qilish va o‘ynash yoqimli.

- Hech kim bunday natija bo‘lishini kutmagandi. Jamoaning bugungi g‘alabasi siri nimada?
- Bizning futbolchilar to‘p bilan o‘zlarini qulay his qilishadi. Bu 10 oylik mehnat jarayonining mahsuli. Shu sababli yigitlar o‘z futbolini ko‘rsatishga shoshilishmaydi. Shunday ekan, ular istalgan raqibga qarshi o‘ynay olishadi. Lekin ayrim vaziyatlarda jamoamizga kurashuvchanlik yetishmayapti. Bugun yuqori darajadagi futbolchilari bor "Neftchi"ga qarshi o‘yinda yuqori tempda o‘ynashganidan minnatdorman. Bunday ishonchli o‘yin biz uchun ko‘p narsalarni anglatadi. "Neftchi"ga keyingi o‘yinlarda omad tilayman.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting