locale OZ

PSJ Kvaratsxeliyaning o‘rniga Niko Uilyamsni sotib olishi mumkin

Parijliklarning bunday qarorga kelishiga gruziyalik vinger Xvicha Kvaratsxeliyaning jiddiy jarohati sabab bo‘lgan.
Futbol
PSJ Kvaratsxeliyaning o‘rniga Niko Uilyamsni sotib olishi mumkin
Foto: Getty Images

Fransiyaning PSJ klubi qishki transfer oynasida Ispaniyaning “Atletik Bilbao” jamoasi hujumchisi Niko Uilyamsni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Parijliklarning bunday qarorga kelishiga gruziyalik vinger Xvicha Kvaratsxeliyaning jiddiy jarohati sabab bo‘lgan. Bu haqda Eurosport nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 24 yoshli ispaniyalik futbolchi Parij klubi hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri hisoblanmoqda. PSJ rahbariyati Uilyamsning o‘yinlarini bir necha yildan buyon kuzatib kelmoqda. Kvaratsxeliyaning uzoq muddatga safdan chiqishi esa fransuz klubini transfer bozorida faolroq harakat qilishga undashi mumkin.

Xvicha Kvaratsxeliya 20-oktabr kuni Chempionlar ligasi doirasida “Barselona”ga qarshi kechgan uchrashuvda o‘ng tizzasining oldingi xochsimon paylarini uzib olgan. Shu sababli gruziyalik futbolchi jarrohlik amaliyotini boshdan kechirishi va bir necha oy maydonga tusha olmasligi kutilmoqda. PSJ hujum chizig‘idagi ushbu yo‘qotishni qoplash maqsadida Uilyams transferini amalga oshirishi mumkin. Biroq hozircha klublar o‘rtasida rasmiy muzokaralar boshlangani haqida ma’lumot yo‘q.

Ma’lumot uchun, Niko Uilyams joriy mavsum Ispaniya La Ligasida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Uning “Atletik Bilbao” bilan amaldagi shartnomasi 2035-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting