locale OZ

“Chelsi” darvozaboni Emiliano Martines bir necha hafta maydonga tusha olmaydi

“Chelsi” bosh murabbiyi Xabi Alonso darvozabonning operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tganini va sog‘lig‘i yaxshilanayotganini ma’lum qildi.
Futbol
“Chelsi” darvozaboni Emiliano Martines bir necha hafta maydonga tusha olmaydi
Foto: Getty Images

Londonning “Chelsi” klubi darvozaboni Emiliano Martines jag‘ suyagi singani sabab jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Argentinalik futbolchi bir necha hafta davomida jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda Sports Illustrated nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Martines Angliya Premyer-ligasi doirasida “Everton”ga qarshi uchrashuvda raqib himoyachisi Jarrad Brantueyt bilan to‘qnashib ketgan. Mazkur vaziyatda posbon boshidan jarohat olgan va shifoxonaga olib borilgan. Tibbiy tekshiruvlar uning jag‘ suyagi singanini ko‘rsatgan.

“Chelsi” bosh murabbiyi Xabi Alonso darvozabonning operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tganini va sog‘lig‘i yaxshilanayotganini ma’lum qildi. Mutaxassis Martinesning safga qaytishi uchun bir necha hafta talab etilishini bildirdi. Argentinalik posbon yo‘qligida jamoa darvozasini 21 yoshli Mayk Penders qo‘riqlashi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Chelsi” “Everton”ga qarshi uchrashuvda 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. Martines mazkur bahsda olgan jarohati sabab o‘yinni davom ettira olmagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting