locale OZ

O‘zbekiston kubogi. «Lokomotiv» «Neftchi»ni musobaqadan chiqarib yubordi, «Andijon» «So‘g‘diyona»dan ustun keldi

Musobaqadagi sensatsiyalardan biri Farg‘onada ro‘y berdi.
O‘zbekiston kubogi. «Lokomotiv» «Neftchi»ni musobaqadan chiqarib yubordi, «Andijon» «So‘g‘diyona»dan ustun keldi
photo: Neftchi FK

O‘zbekiston kubogi. «Lokomotiv» «Neftchi»ni musobaqadan chiqarib yubordi, «Andijon» «So‘g‘diyona»dan ustun keldi

Turnirning yana ikki yarimfinalchisi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston kubogi chorakfinal bosqichidan o‘rin olgan «Lokomotiv» — «Neftchi» va «So‘g‘diyona» — «Andijon» jamoalari o‘rtasidagi bahslar yakuniga yetdi.

Zominda andijonliklar mezbonlarni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Mehmonlar safida gollarga Petar Michin (avtogol) va Martin Boake mualliflik qildi. Maydon egalarining yagona goli esa Sardor Jamolov nomiga qayd etildi.

Musobaqadagi sensatsiyalardan biri Farg‘onada ro‘y berdi. Unda Toshkentning «Lokomotiv» klubi amaldagi Superliga chempioni «Neftchi»ni 4:2 hisobida yengib, kubokdan chiqarib yubordi va yarimfinalga yo‘l oldi.

O‘zbekiston kubogi. 1/4 final
Neftchi — Lokomotiv 2:4
Gollar:
G‘iyosov 36, Ismoilov 45+3 — Yaxshiboyev 11 (pen), 33 (dubl), Tupliyev 23, Turopov 43.

So‘g‘diyona — Andijon 1:2
Gollar:
Jamolov 84 — Michin 59 (avt), Boake 80.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting