Arteta: «Liverpul»ga qarshi bunday o‘yin ko‘rsatish — aql bovar qilmas natija»
«Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta APLning so‘nggi turida «Liverpul» jamoasi darvoza tomon birorta ham aniq zarba bera olmaganiga munosabat bildirdi.
To‘qqizinchi tur doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «kanonirlar» safarda 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
«Bu statistikadan xabarim yo‘q edi, ammo bu aql bovar qilmas natija. Rostini aytsam, o‘yin davomida buni sezmadim, chunki ularda ba’zi vaziyatlarda zarba berish imkoniyati bo‘ldi. Biz esa zarbalarni yaxshi to‘sik va ehtimoliy xavflarning oldini oldik. «Liverpul»ga qarshi bunday o‘yin ko‘rsatish — haqiqatan ham ajoyib natija», — deya Artetaning so‘zlarini Arsenal Radar nashri keltiradi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Arsenal» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida peshqadam. «Kanonirlar» to‘qqizta uchrashuvdan keyin 24 ochko jamg‘argan.
Keyingi turda London klubi o‘z maydonida «Xall Siti»ni qabul qiladi. Uchrashuv 7 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.