locale OZ

Andoni Iraola: «Boshqacha natija kutgandik»

Ispaniyalik mutaxassis jamoasining mag‘lubiyati haqida gapirdi.
Futbol
Andoni Iraola: «Boshqacha natija kutgandik»
Фото: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
01.11.2026, Yak.
Liverpul
0
Arsenal
1

«Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola Angliya Premyer-ligasining navbatdagi turida «Arsenal»ga qarshi uchrashuvda qayd etilgan mag‘lubiyat haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Albatta, bugun boshqacha natijaga umid qilgandik. Ayniqsa, uchrashuvning boshlanishidagi harakatlarimiz uchun ayb o‘zimizda.

Gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin, aslida, himoya qiladigan narsamiz qolmadi. Shu bois erkinroq va jasurroq o‘ynay boshladik. Menimcha, birinchi bo‘limning o‘zidayoq o‘yin borishini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldik. Birinchi bo‘limni juda yaxshi yakunladik.

Ikkinchi bo‘limda ham g‘alabaga erishish uchun harakat qildik, ammo gol ura olmadik», — deya Iraolaning so‘zlarini keltirmoqda BBC Sport.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda «Liverpul» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting