«MYu» «Chelsi»dan mag‘lub bo‘lsa ham, Kerrik iste’foga chiqarilmaydi — The Touchline
«Manchester Yunayted» APL turnir jadvalida 17-pog‘onani egallab turibdi.
Futbol
Фото: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
Live, 87'
Chelsi
2
Manchester Yunayted
0
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik «Chelsi»ga qarshi bahsda jamoasi mag‘lub bo‘lgan taqdirda ham iste’foga chiqarilmaydi. Bu haqda The Touchline nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «qizil iblislar» rahbariyati hozircha mutaxassisni lavozimidan ozod qilishni rejalashtirmayapti. Klub rahbarlari xalqaro tanaffus boshlanishini kutib, shundan keyingina Kerrikning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qilmoqchi.
Angliya Premer-ligasining 9-turi doirasidagi «Chelsi» — «Manchester Yunayted» bahsi 31-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, «Chelsi» bahs oldidan Premer-liga turnir jadvalida 5-o‘rinni, «Manchester Yunayted» esa 17-pog‘onani egallab turibdi.