«Arsenal» Endrikni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin — manba
Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Futbol
Фото: Getty Images
Endrik qishki transferlar oynasida Londonning «Arsenal» klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, futbolchi Joze Mourinyo qo‘l ostida muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
«Arsenal» esa Viktor Dyokeresh va Kay Haverts kabi hujumchilarga ega bo‘lishiga qaramay, Endrikni jamoaning gol urish bilan bog‘liq muammolariga yechim sifatida ko‘rmoqda.
Shu bilan birga, Mourinyo braziliyalik futbolchining jamoada qolishini istamoqda. Biroq uning vakillari faoliyatini boshqa klubda davom ettirish variantlarini o‘rganmoqda.
Joriy mavsumda Endrik «Real» safida to‘rtta uchrashuvda maydonga tushib, bir gol urdi.