locale OZ

«Arsenal» Endrikni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

Hujumchining «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.
Futbol
«Arsenal» Endrikni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Фото: Getty Images

Madridning «Real» klubi hujumchisi Endrik Londonning «Arsenal» jamoasi qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda jurnalist Grem Beyli xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «to‘pchilar» braziliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olib, uning faoliyatida yangi sahifa ochilishiga yordam berishga tayyor. Biroq barchasi transfer shartlariga bog‘liq bo‘ladi.

Angliya grandi hujumchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olish variantini ko‘rib chiqishga tayyor. Biroq «qirollik klubi» Endrikni doimiy ravishda jamoadan ketkazishni istamayapti. Sababi, «qirollik klubi» bosh murabbiyi Joze Mourinyo yosh braziliyalikning iqtidoriga ishonmoqda.

20 yoshli Endrik joriy mavsumda beshta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi (1+1).

Hujumchining «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting