locale OZ

Arauxo: «Bizni chempionga qarshi og‘ir bahs kutmoqda»

«Liverpul» — «Arsenal» uchrashuvi bugun, 1 noyabr kuni «Enfild» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Arauxo: «Bizni chempionga qarshi og‘ir bahs kutmoqda»
Фото: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
01.11.2026, 11.30
Liverpul
-
Arsenal
-

Angliya Premyer-ligasining 9-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda «Liverpul» o‘z maydonida Londonning «Arsenal» klubini qabul qiladi. Bo‘lajak bahs oldidan mersisaydliklar himoyachisi Ronald Arauxo o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Hozirda jamoamiz juda yaxshi holatda. O‘z kuchimizga ishonaman. Mavsumni u qadar yaxshi boshlay olmadik, ammo izchillik bilan rivojlanishda davom etyapmiz. Bu o‘z maydonimizdagi uchrashuv, shuning uchun muxlislarimiz ko‘z o‘ngida g‘alaba qozonishni istaymiz. Buning uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Bizni chempionga qarshi og‘ir bahs kutmoqda», — deya urugvaylik futbolchining so‘zlarini «qizillar» matbuot xizmati keltirmoqda.

«Liverpul» — «Arsenal» uchrashuvi bugun, 1 noyabr kuni «Enfild» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting