Rojers: «Chelsi»da yetakchi bo‘lishni istayman
«Aston Villa»dan Londonning «Chelsi» klubiga o‘tgan hujumchi Morgan Rojers yangi jamoaga moslashish jarayoni haqida gapirdi.
«Bu klubda menga hamma narsa yoqmoqda. Men uchun bu yangi chaqiriq. Eng muhimi, jamoamiz ahil va birdam bo‘lishi kerak. Men yetakchi bo‘lishni va o‘zim eng yaxshi bajara oladigan ishni qilishni istayman. Mavsumni juda yaxshi boshladim, endi shu sur’atni saqlab qolishim kerak», — deya hujumchining so‘zlarini insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarida keltirmoqda.
24 yoshli futbolchining transferi «ko‘klar»ga 138 million yevroga tushdi. Rojers London klubi bilan 2033-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Joriy mavsumda Angliya Premyer-ligasi doirasida Morgan to‘qqizta uchrashuvda maydonga tushib, beshta gol muallifi bo‘ldi.