Bellingham: «Real» safidagi 50-golimni urish — alohida hissiyot
«Real» yarim himoyachisi Jude Bellingham Ispaniya chempionatining 11-turi doirasida «Rasing»ga qarshi uchrashuvda (3:0) qozonilgan gʻalabadan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Angliyalik futbolchi mazkur bahsda jamoasining ikkinchi golini kiritdi. Ushbu gol Bellingham uchun «Real» safidagi 50-goli boʻldi.
«Juda yaxshi oʻyin namoyish etdik. «Kamp Nou»dagi gʻalabadan keyin yana bir bor zafar quchish biz uchun juda muhim edi. Shu bois hammamiz xursandmiz.
«Real» safida 50 ta gol urish — bu alohida hissiyot. Bu nafaqat men va shaxsiy maqsadlarim uchun, balki butun jamoa uchun ham muhim. Har bir futbolchi uchun gol urish va oʻyin natijasiga taʼsir koʻrsatish juda ahamiyatli.
Baʼzida bu vazifani Mbappe, Vinisius Junior, Arda Gyuler yoki men bajaraman. Ammo eng muhimi, har bir futbolchi jamoa gʻalabasiga oʻz hissasini qoʻshmoqda. Asosiysi ham shu», — deya Bellinghamning soʻzlarini klub rasmiy sayti keltiradi.
Eslatib oʻtamiz, «Real» 11 ta uchrashuvdan soʻng 27 ochko jamgʻarib, turnir jadvalida uchinchi oʻrinni egallab turibdi. «Rasing» esa 11 ochko bilan 15-pogʻonadan joy olgan.