locale OZ

Enzo Mareska: «Biz oldini olish mumkin bo‘lgan juda sodda gollarni o‘tkazib yubormoqdamiz»

«Manchester Siti» 21 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda.
Futbol
Enzo Mareska: «Biz oldini olish mumkin bo‘lgan juda sodda gollarni o‘tkazib yubormoqdamiz»
Фото: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
31.10.2026, Yak.
Manchester Siti
0
Brayton
1

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enzo Mareska «Brayton»ga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan so‘ng jurnalistlar savollariga javob berdi. Angliya chempionatining 9-turidan o‘rin olgan bahs 0:1 hisobida yakunlandi.

«Biz ochko olish uchun yetarlicha vaziyatlar yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik. Hech bo‘lmaganda bir ochkoga munosib o‘yin ko‘rsatdik. Ba’zan xatolar sodir bo‘lib turadi. Afsuski, hozir futbolchilarimiz shunday xatolarga yo‘l qo‘yishmoqda. Vaziyatni tahlil qilib, nimani yaxshiroq bajarishimiz mumkinligini tushunib olishimiz kerak. Biz oldini olish mumkin bo‘lgan juda sodda gollarni o‘tkazib yubormoqdamiz», — deya Mareskaning so‘zlarini Sky Sports keltirmoqda.

Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» 21 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. Biroq «Arsenal» va «Liverpul» o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin jamoa peshqadamlikni yo‘qotishi mumkin.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting