locale OZ

«Aston Villa», «Everton» va «Lids» Gallagerga qiziqish bildirmoqda

Futbolchining «Tottenhem» bilan amaldagi shartnomasi 2031-yilgacha mo‘ljallangan.
Futbol
«Aston Villa», «Everton» va «Lids» Gallagerga qiziqish bildirmoqda
Фото: Getty Images

«Tottenhem» markaziy yarim himoyachisi Konor Gallager jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, 26 yoshli futbolchining xizmatlariga «Aston Villa», «Everton» va «Lids» klublari qiziqish bildirmoqda.

Ta’kidlanishicha, agar Gallager yaqin oylarda yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasa, u «Tottenhem»ni tark etish variantlarini ko‘rib chiqishga tayyor.

Angliyalik yarim himoyachi joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol muallifi bo‘ldi.

Futbolchining «Tottenhem» bilan amaldagi shartnomasi 2031-yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari uning transfer qiymatini 32 million yevroga baholamoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting