Soboslayi: «Maqsadimiz — Premer-ligada g‘olib chiqish»
Iraola shogirdlari 15 ochko bilan turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.
Futbol
Фото: Getty Images
«Liverpul» yarim himoyachisi Dominik Soboslayi jurnalistlar bilan suhbatda joriy mavsumda mersisaydliklar uchun qaysi natija muvaffaqiyatli hisoblanishi haqidagi savolga javob berdi.
«Premer-ligada g‘olib chiqish. Biz — «Liverpul»miz. Klubimiz har doim chempionlik uchun kurash olib boradigan jamoalar qatorida bo‘lishi kerak. Bizning ruhiyatimiz shunday», — deya vengriyalik futbolchining so‘zlarini insayder Fabrizio Romano keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» so‘nggi uchrashuvida o‘z maydoni — «Enfild»da Londonning «Arsenal» klubiga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
Angliya chempionatining to‘qqizta turidan so‘ng Andoni Iraola shogirdlari 15 ochko bilan turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.