locale OZ

«Arsenal»ning Douman bo‘yicha apellyatsiyasi rad etildi

Maks «Liverpul», «Xall» va «Nyukasl»ga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.
Futbol
«Arsenal»ning Douman bo‘yicha apellyatsiyasi rad etildi
Фото: Getty Images

Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) «Arsenal» klubining yarim himoyachisi Maks Doumanga berilgan diskvalifikatsiya bo‘yicha apellyatsiyasini rad etdi.

16 yoshli futbolchi Angliya Liga kubogi doirasidagi «Flitvud Taun»ga qarshi o‘yinning so‘nggi daqiqalarida qizil kartochka olgan. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlangan, penaltilar seriyasida esa «Arsenal» 3:5 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

«Arsenal» ushbu qarorni haddan tashqari keskin deb hisoblab, apellyatsiya bergan edi.

Biroq mustaqil nazorat komissiyasi London klubining murojaatini qanoatlantirmadi. Natijada Douman Angliya Premer-ligasida «Liverpul», «Xall» va «Nyukasl»ga qarshi navbatdagi uchta uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

Joriy mavsumda yosh vinger «kanonirlar»ning asosiy jamoasi safida barcha musobaqalarda beshta o‘yinda ishtirok etib, ikkita gol urgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting