Ten Hag «MYU»ning Chempionshipga tushib ketishi mumkinligini aytdi
Jamoa 9 turdan keyin 7 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining 17-pog‘onasini egallab turibdi.
Futbol
Фото: Getty Images
«Manchester Yunayted» sobiq bosh murabbiyi Erik ten Hag jamoa mavsum yakunida Chempionshipga tushib ketishi mumkinligini aytdi.
«APLdan tushib ketishingiz mumkin. Chunki bu chempionatda barcha jamoalar juda kuchli. Har bir klubning tarkibi ham, murabbiylari ham yaxshi.
Agar noto‘g‘ri yo‘ldan borsangiz va omadsizliklar girdobiga tushib qolsangiz, undan chiqib ketish juda qiyin bo‘lishi mumkin», — deya ten Hagning so‘zlarini keltiradi The Touchline nashri.
Ma’lumot uchun, jamoa 9 turdan keyin 7 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining 17-pog‘onasini egallab turibdi.