«Borussiya D» Girassi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
30 yoshli hujumchi 2024 yil yozidan beri Dortmund klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.
Futbol
Фото: Getty Images
«Borussiya D» klubi hujumchi Seru Girassi bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.
«Arilar» rahbariyati gvineyalik futbolchining o‘yinlaridan va uning jamoa natijalariga qo‘shayotgan hissasidan mamnun. Tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar ham juda yaxshi. Klub Girassini kelajakdagi rejalarining muhim qismi sifatida ko‘rmoqda.
30 yoshli hujumchi 2024 yil yozidan beri Dortmund klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyining oxirigacha mo‘ljallangan.
Girassi joriy mavsumda Bundesliga doirasida sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.