Fernandesh «Chelsi»ga qarshi o‘yin oldidan jamoadoshlarini yig‘di
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi va jamoa sardori Bruno Fernandesh Angliya chempionatining 9-turidan o‘rin olgan «Chelsi»ga qarshi uchrashuv oldidan jamoa futbolchilari uchun alohida yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda indykaila News nashri o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yig‘ilish o‘yin kuni ertalab jamoa mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan.
«Qizil iblislar»ning «aristokratlar»ga qarshi bahsi London shahridagi «Stamford Brij» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Angliya chempionatining 8 turidan keyin Maykl Karrik shogirdlari 7 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining 16-pog‘onasini egallab turibdi. Jamoa ayni paytda xavfli zonadan atigi bir ochko oldinda.
«Manchester Yunayted» so‘nggi bor 30 avgust kuni Angliya chempionatining 2-turida «Ipsvich Taun»ni 5:2 hisobida mag‘lub etgan edi.