locale OZ

“Real” darvozaboni noma'lum muddatga safdan chiqdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real” darvozaboni noma'lum muddatga safdan chiqdi
FOTO: Getty Images
Ispaniya La Ligasi
14.05.2025, Yak.
Real Madrid
2
Mallorka
1

Madridning “Real” klubi darvozaboni Andrey Lunin mashg'ulotlar vaqtida jarohat oldi va La Liganing 36-turidan o'rin olgan “Malyorka”ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Lunin o'ng qo'lini shikastlab olgan. Tiklanish uchun qancha vaqt kerakligi hozircha ma'lum qilinmagan.

Ma'lumot uchun, “Real Madrid” - “Malyorka” o'yini 14-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:30 da “Santyago Bernabeu” stadionida start oladi.

Andrey Lunin joriy mavsum barcha turnirlarda 12 ta o'yinda maydonga tushib, 4 tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Uning “qaymoqranglilar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2030-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting