locale OZ

Rafinya takrorlanmas natija qayd etdi

Faqat Messi undan oldin bu ko‘rsatkichga erishgan.
Futbol
Rafinya takrorlanmas natija qayd etdi
Фото: Getty Images
Ispaniya La Ligasi
31.10.2026, Yak.
Barselona
6
Deportivo Alaves
1

«Barselona» hujumchisi Rafinya Dias joriy mavsumda Ispaniya chempionatida ajoyib o‘yin namoyish etmoqda.

Shanba kuni kataloniyaliklar sardori «Alaves»ga qarshi bahsda dubl qayd etdi. Uchrashuvda «Barselona» 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Stats Foot ma’lumotlariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi so‘nggi 50 yil ichida La Liganing dastlabki 11 turidan keyin 15 ta gol urishga erishgan «Barselona»ning Lionel Messidan keyingi ikkinchi futbolchisiga aylandi. Argentinalik afsona bu natijani 2012/13-yilgi mavsumda qayd etgan.

Qayd etish joizki, mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha Rafinya va Messi bir xil natija — 15 tadan gol muallifi bo‘lishgan. Chempionatning zamonaviy rekordi esa Krishtianu Ronaldoga tegishli. Portugaliyalik yulduz 2014/15-yilgi mavsumda «Real» safida dastlabki 11 turdan keyin raqiblar darvozasiga 18 ta gol urgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting