locale OZ

La Liga. «Real» safarda «Racing»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

«Real» barcha musobaqalarda ketma-ket oltinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Futbol
La Liga. «Real» safarda «Racing»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Фото: Getty Images
Ispaniya La Ligasi
01.11.2026, Yak.
Racing Santander
0
Real Madrid
3

Madridning «Real» klubi Ispaniya La Ligasining 11-turida «Racing» mehmoni bo‘lib, 3:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

«Qirollik klubi» o‘yin taqdirini birinchi bo‘limdayoq hal qildi. 11-daqiqada Kilian Mbappe penaltidan hisobni ochdi. Oradan o‘n daqiqa o‘tib, Jyud Bellingham madridliklarning ustunligini oshirdi.

36-daqiqada esa Yan Diomande uchinchi golni kiritib, uchrashuvning yakuniy hisobini o‘rnatdi.

Shu tariqa, «Real» barcha musobaqalarda ketma-ket oltinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Madridliklar La Liga turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi va peshqadam «Barselona»dan uch ochko ortda qolmoqda. «Racing» esa 11 ochko bilan 16-pog‘onadan joy olgan.

La Liga. 11-tur
Racing — Real 0:3

Gollar

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting