locale OZ

Paralimpiya va jahon chempionlari Toshkentda bahslashadi

2–4 noyabr kunlari Toshkentdagi “O’zbekiston Olimpiya shaharchasi” sport stadionida para yengil atletika bo’yicha O’zbekiston ochiq chempionati bo’lib o’tadi.
Boshqa sport turlari
Paralimpiya va jahon chempionlari Toshkentda bahslashadi
photo: paralympic

2–4 noyabr kunlari Toshkentdagi “O’zbekiston Olimpiya shaharchasi” sport stadionida para yengil atletika bo’yicha O’zbekiston ochiq chempionati bo’lib o’tadi. Ta’kidlash lozimki, mazkur musobaqa kelasi yil poytaxtimizda o’tadigan para yengil atletika bo’yicha jahon chempionatining sinov turniri (Tashkent 2027 Test Event) maqomiga ega.

Turnirda Braziliya, Xitoy, Chexiya, Daniya, Gretsiya, Hindiston, Polsha, AQSh va O’zbekistondan jami 300 dan ortiq para atlet 126 ta yo’nalishda (64 ta erkaklar va 62 ta ayollar) kuch sinashadi.

Musobaqa davomida Jahon Para yengil atletika tashkiloti va Mahalliy tashkiliy qo’mita maydon ichida ham, maydondan tashqarida ham bir qator operatsion va musobaqaviy jarayonlarni sinovdan o’tkazadi.

Ushbu musobaqada qatnashuvchi taniqli para sportchilar:
Braziliya (29 nafar sportchi) — Nyu-Dehli 2025 jahon chempionatida medallar jadvalida birinchi o’rinni egallagan jamoa:
▪️ Yeltsin Jaks — 1500 m T11 bo’yicha ikki karra Paralimpiya chempioni, jahon chempioni va jahon rekordi egasi
▪️ Julio Agripino — 5000 m T11 bo’yicha Paralimpiya chempioni va jahon rekordi egasi
▪️ Rikardu Gomis di Mendonsa — 100 m T37 bo’yicha Paralimpiya va jahon chempioni
▪️ Vanna Brito (yadro uloqtirish F32) va Elizabet Gomis (F53) — jahon chempionlari
Xitoy — Aichi-Nagoya 2026 Osiyo Para o’yinlaridagi muvaffaqiyatlardan so’ng:
▪️ Ven Syaoyan — 9 karra Paralimpiya chempioni (100 m, 200 m va uzunlikka sakrash T37)
▪️ Feyfey Chjou — yadro uloqtirish va nayza uloqtirish F57
▪️ Den Peychen — 100 m T36, Osiyo Para o’yinlarida jahon rekordi muallifi
▪️ Xunsya Lyan va Szyaojuan Lay — Osiyo Para o’yinlari chempionlari va jahon rekordi egalari
AQSh:
▪️ Noa Malon — Parij 2024 Paralimpiya chempioni (100 m T12)
▪️ Xoel Gomes — 1500 m T13 bo’yicha jahon chempioni
Polsha:
▪️ Faustina Kotlovska — disk va yadro uloqtirish F64 bo’yicha jahon chempioni
O’zbekiston terma jamoasi ham kuchli tarkibda maydonga tushadi:
▪️ Bobirjon Omonov — yadro uloqtirish F41, Paralimpiya chempioni
▪️ Qudratilloxon Marufxo’jayev — yadro uloqtirish F37, Parij 2024 chempioni
▪️ Xusniddin Norbekov — yadro uloqtirish F35, Tokio 2020 va Parij 2024 chempioni
▪️ Yorqinbek Odilov — nayza uloqtirish F57, Parij 2024 chempioni
▪️ Tolibboy Yo’ldoshev — disk uloqtirish F37, Parij 2024 chempioni
Omonov, Marufxo’jayev, Norbekov va Odilov yaqinda Aichi-Nagoya 2026 Osiyo Para o’yinlarida ham o’z unvonlarini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Eslatib o’tamiz, Toshkent-2027 para yengil atletika bo’yicha jahon chempionati kelgusi yil 19–27-iyun kunlari bo’lib o’tadi. Bu O’zbekiston tarixida o’tkazilgan eng yirik Para sport musobaqasi bo’ladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting