Yan Diomande: «Bolaligimdan «Real»da o‘ynashni orzu qilganman»
Madridning «Real» klubi vingeri Yan Diomande qirollik klubida to‘p surish uning bolalikdagi orzusi bo‘lganini tan oldi.
«Qaymoqranglilar» 19 yoshli futbolchini o‘tgan yozda Germaniyaning «RB Leyptsig» klubidan 125 million yevro evaziga sotib olgan.
«Men bolaligimdanoq «Real»ga o‘tishni orzu qilganman. Bu orzuim amalga oshgani men uchun qanday ahamiyatga ega ekanini so‘z bilan ifodalash qiyin», — deya Diomande so‘zlarini Madrid Zone nashri keltirmoqda.
Kot-d’Ivuarlik futbolchi Joze Mourinyo boshqaruvidagi jamoa safida barcha musobaqalarda 13 ta uchrashuvda ishtirok etib, uchta gol va to‘rtta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Iqtidorli futbolchining «Real» bilan shartnomasi 2033 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.