locale OZ

Verbruggen: «Chempionlik haqida gapirishga erta»

"Brayton" 19 ochko bilan APL turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.
Futbol
Verbruggen: «Chempionlik haqida gapirishga erta»
Фото: Getty Images

"Brayton" darvozaboni Bart Verbruggen APLning 9-turida "Manchester Siti" ustidan qozonilgan g‘alabadan (1:0) so‘ng jamoasining chempionlik imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

"Hozircha atigi to‘qqizta tur o‘tkazdik, shuning uchun chempionlik haqida gapirishga erta. Har bir o‘yinga alohida yondashamiz. Oldinda hali ko‘p uchrashuvlar bor.

Bizni faqat natijalar emas, ko‘rsatayotgan futbolimiz ham quvontirmoqda. O‘yin uslubimizni rivojlantirishimiz va golli vaziyatlardan yanada samarali foydalanishimiz kerak. Shunda katta natijalarga erishishimiz mumkin", — dedi Verbruggen.

"Brayton" 19 ochko bilan APL turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa o‘tgan mavsumni 8-pog‘onada yakunlagan edi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting