Kunde: \"Og‘ir hafta bo‘ldi\"
«Barselona» himoyachisi Jyul Kunde Ispaniya chempionatining 11-turida «Alaves»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin.
Futbol
photo: gettyimages
Ispaniya La Ligasi
25.10.2026, Yak.
Barselona
1
Real Madrid
2
«Barselona» himoyachisi Jyul Kunde Ispaniya chempionatining 11-turida «Alaves»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin. Uchrashuv kelasi shanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Sport nashri xabar berishicha, fransiyalik futbolchining chap to‘pig‘i bog‘lamlari cho‘zilishi sababli olgan jarohatidan tiklanishi muvaffaqiyatli kechmoqda. Aynan shu jarohat tufayli Kunde «Real»ga qarshi bahsni (1:2) o‘tkazib yuborgan edi.
Himoyachi ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislarga murojaat qilib, birdamlikka chaqirdi.
«Bu og‘ir hafta bo‘ldi. Hozir har qachongidan ham ko‘ra birdam bo‘lishimiz kerak, “Barselona” muxlislari. Bu qiyin davrdan yanada kuchli bo‘lib chiqishimizga shubha yo‘q», — deydi futbolchi.