Mbappe Di Stefanoning 71 yillik rekordini yangiladi
FOTO: Getty Images
Ispaniya La Ligasi
14.05.2025, Yak.
Real Madrid
2
Mallorka
1
Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya La Ligasining 36-turidan o'rin olgan “Malyorka”ga qarshi o'yinda (2:1) bitta golga mualliflik qildi.
Bu gol fransiyalik futbolchi uchun La Ligadagi 32 ta o'yinda 28-gol bo'ldi. Mbappe bu bilan “Real”ning sobiq hujumchisi Alfredo Di Stefanoning rekordini yangiladi. Bu haqda OptaJose xabar bermoqda.
1953/1954-yilgi mavsumda Di Stefano “Real”dagi debyut mavsumida Ispaniya oliy divizionida 27 ta gol urgandi.
Ma'lumot uchun, Mbappe joriy mavsum 53 ta o'yinda maydonga tushib, 39 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Di Stefano esa “Los-Blankos” safida jami 396 ta o'yin o'tkazib, 308 ta golga mualliflik qilgandi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist