Madina Mirabzalova Serbia Open-2026 g‘olibi, Svetlana Saidova bronza medali sovrindori
Bugun Serbiyaning Belgrad shahrida tayekvondo WT bo‘yicha G-1 toifasidagi «Galeb Belgrade Trophy-Serbia Open 2026» turniri tashkil etildi.
Boshqa sport turlari
photo: taekvando Uzbekistan
Madina Mirabzalova Serbia Open-2026 g‘olibi, Svetlana Saidova bronza medali sovrindori.
Bugun Serbiyaning Belgrad shahrida tayekvondo WT bo‘yicha G-1 toifasidagi «Galeb Belgrade Trophy-Serbia Open 2026» turniri tashkil etildi. 23-marotaba o‘tkazilgan ushbu xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Madina Mirabzalova hamda Svetlana Saidova ham ishtirok etib, sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Oltin:
Madina Mirabzalova (-57 kg)
Bronza:
Svetlana Saidova (+73 kg)
Ta’kidlash joiz, har ikki sportchimiz atigi to‘rt kun avval Namanganda bo‘lib o‘tgan «Uzbekistan Open» turnirida shohsupaga ko‘tarilishgan edi.