locale OZ

La Ligada oktabr oyining eng yaxshi futbolchisi uchun nomzodlar e’lon qilindi

Sentabr oyida Rafinya eng yaxshi deb topilgan edi.
Futbol
La Ligada oktabr oyining eng yaxshi futbolchisi uchun nomzodlar e’lon qilindi
Фото: Getty Images

La Liga matbuot xizmati oktabr oyida chempionatning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogarlarni e’lon qildi.

Ushbu sovrin uchun «Real» hujumchisi Kilian Mbappe, «Barselona» vingeri Lamin Yamal, «Atletiko» himoyachisi Alejandro Grimaldo, «Real Sosyedad» vingeri Gonsalu Gedesh hamda «Elche» darvozaboni Matias Dituro kurash olib boradi.

Oktabr oyida Mbappe La Liga doirasidagi uchta uchrashuvda to‘rtta gol urdi. Yamal esa uchta o‘yinda bitta gol va ikkita golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Grimaldo uchta uchrashuvda bitta gol urib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Gedesh esa uchta o‘yinda ikkita gol va bitta golli uzatma bilan ajralib turdi. Dituro oktabr oyidagi uchta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida La Liganing eng yaxshi futbolchisi deb «Barselona» vingeri Rafinya topilgan edi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting