Jo‘rabek Eshpo‘latov III yoshlar Yozgi Olimpiadasida O‘zbekiston bayroqdori bo‘ladi
Jo‘rabek O‘zbekistondan yagona dzyudochi sifatida Olimpiadada tatamiga chiqadi.
Boshqa sport turlari
photo: Dzyudo Uzbekistan
Jo‘rabek Eshpo‘latov III yoshlar Yozgi Olimpiadasida O‘zbekiston bayroqdori bo‘ladi.
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Jo‘rabek Eshpo‘latov o‘z tarixida uchinchi bor o‘tkazilayotgan Yoshlar Olimpiadasida O‘zbekiston sport delegatsiyasining bayroqdori sifatida bugun bo‘lib o‘tadigan tantanali ochilish marosimida qatnashadi.
Jo‘rabek O‘zbekistondan yagona dzyudochi sifatida Olimpiadada tatamiga chiqadi. -100 kg vazn toifasida yurtimiz sport sharafini himoya qiluvchi Eshpo‘latov o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.