Regbi. Oʻzbekiston chempionatining 2-turi oʻz nihoyasiga yetdi
Musobaqa juda qizgʻin, murosasiz va qiziqarli oʻyinlarga boy oʻtdi.
Boshqa sport turlari
photo: regbi Uzbekistan
Regbi bo'yicha 28–31-oktabr kunlari Xorazm viloyatining Bogʻot tumanida 14 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatining 2-turi oʻz nihoyasiga yetdi.
Musobaqa juda qizgʻin, murosasiz va qiziqarli oʻyinlarga boy oʻtdi. Barcha tur yakunlariga koʻra gʻolib va sovrindorlar quyidagi jamoalar boʻldi:
Qizlar:
1. Xorazm
2. Toshkent viloyati
3. Namangan
Oʻgʻil bolalar:
1. Xorazm
2. Namangan
3. Fargʻona