locale OZ

\"Prezident Olimpiadasi\": velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha g'olib va sovrindorlar aniqlandi

Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumanida "Prezident Olimpiadasi" dasturidan o'rin olgan veloshosse bo'yicha musobaqa o'tkazildi.
Boshqa sport turlari
"Prezident Olimpiadasi": velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha g'olib va sovrindorlar aniqlandi
photo: velosport Uzbekistan

"Prezident Olimpiadasi": velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha g'olib va sovrindorlar aniqlandi.

Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumanida "Prezident Olimpiadasi" dasturidan o'rin olgan veloshosse bo'yicha musobaqa o'tkazildi. Unda Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 100 nafarga yaqin sportchilar o'z mahoratlarini sinovdan o'tkazishdi. Turnir davomida o'smir qizlar va o'smirlar o'rtasida 10 km masofaga jamoaviy "mikst" estafeta bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Murosasiz va qizg'in tarzda kechgan bahslar yakuniga ko'ra g'olib va sovrindorlar aniqlandi:

1. Qoraqalpog'iston Respublikasi jamoasi
2. Toshkent viloyati jamoasi
3. Jizzax viloyati jamaosi

Mazkur musobaqalar yosh velosportchilarning tajribasini oshirish, iqtidorli yoshlarni saralash hamda kelgusida mamlakat terma jamoasi uchun munosib nomzodlarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Eslatib o'tamiz, "Prezident Olimpiadasi" doirasidagi velotrek musobaqalari 3-5 noyabr kunlari bo'lib o'tadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting