Joze Mourino “Real Madrid” bosh murabbiyi sifatida “Barselona”ga so'nngi beshta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchramagan
Joze Mourino “Real Madrid” bosh murabbiyi sifatida “Barselona”ga qarshi barcha musobaqalarda o‘tkazgan so‘nggi beshta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchramagan. Bu haqda Opta statistik portali ma’lum qildi.
Portugaliyalik mutaxassis boshqaruvida madridliklar ushbu bahslarda uchta g‘alaba va ikkita durang qayd etgan.
Opta ma’lumotlariga ko‘ra, “Real Madrid” tarixida “el-klassiko”dagi ketma-ket oltita yoki undan ortiq uchrashuvda mag‘lub bo‘lmagan yana ikki murabbiy bor.
Migel Munos 1962–1965 yillar oralig‘ida “Barselona”ga qarshi ketma-ket yettita o‘yinda g‘alaba qozongan. Visente del Boske esa 2001–2003 yillarda o‘tkazilgan yettita uchrashuvda ikki g‘alaba va beshta durang qayd etgan.
Ma’lumot uchun, 25 oktyabr kuni La Liganing 10-turi doirasida bo‘lib o‘tgan “Barselona” — “Real Madrid” uchrashuvi madridliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
“Real Madrid” safida Kilian Mbappe dubl qayd etgan bo‘lsa, “Barselona”ning yagona golini Rafinya urdi.
“Qirollik klubi” ushbu muvaffaqiyat evaziga rasmiy “El-klassiko”lardagi g‘alabalar soni bo‘yicha “Barselona”dan o‘zib ketdi.
Shu tariqa, “Real Madrid” hisobidagi g‘alabalar soni 107 taga yetdi. Uchrashuvdan oldin jamoalar hisobida 106 tadan g‘alaba bor edi.
La Liga turnir jadvalida 10 ta o‘yindan so‘ng 24 ochko jamg‘argan “Real Madrid” uchinchi o‘rinda bormoqda. 27 ochkoga ega “Barselona” esa peshqadamlikni saqlab qolgan.