«Yuventus» – «Napoli»: Asosiy tarkiblar ma’lum
Italiya chempionati 10-turidan o‘rin olgan «Yuventus» va «Napoli» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:45 da boshlanishi belgilangan.
Mazkur o‘yin uchun jamoalarning asosiy tarkiblari ma’lum bo‘ldi.
«Yuventus»: Vikario, Kalyulyu, Bremer, Lukumi, Kabal, Luis, Kopmeyners, Makkenni, Alaybegovich, Kolo Muani, Voltemade.
«Napoli»: Meret, Di Lorenso, Maryanuchchi, Marin, Olivera, Angissa, De Bryuyne, Maktominay, Politano, Lukka, Lang.
Ayni vaqtda «Yuventus» 14 ochko bilan Italiya chempionati turnir jadvalining 9-pog‘onasidan joy olgan. «Napoli» ham 14 ochko jamg‘argan holda 7-o‘rinda bormoqda.
Keyingi turda turinliklar 8-noyabr kuni safarda «Fiorentina» mehmoni bo‘ladi. «Napoli» esa shu kuni o‘z maydonida «Latsio»ni qabul qiladi.