“Real”ning yana bir futbolchisi navbatdagi o'yinni o'tkazib yuboradi
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Brahim Dias jarohati sabab La Liganing 36-turidan o'rin olgan “Malyorka”ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, futbolchi La Liganing 35-turidan o'rin olgan “Barselona”ga qarshi o'yinda chap sonining qo'shimcha mushak paylarini shikastlab olgan. U o'zini noqulay his qilgan bo'lsa-da, uchrashuvni yakuniga yetkazib qo'ygan.
“Real” murabbiylar shtabi tavakkal qilmaslikka qaror qildi va yarim himoyachini navbatdagi o'yin uchun qaydnomaga kiritmadi.
Ma'lumot uchun, Brahim Dias joriy mavsum barcha turnirlarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozirda “Real” La Liga turnir jadvalida 75 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.