locale OZ

Spalletti: «Yakkakurashlarda yutqazsangiz, taktika ishlamaydi»

Turin klubi ustozi jamoasining g‘alabasi haqida fikr bildirdi.
Futbol
Spalletti: «Yakkakurashlarda yutqazsangiz, taktika ishlamaydi»
Фото: Getty Images
Italiya A seriyasi
01.11.2026, Yak.
Yuventus
2
Napoli
0

«Yuventus» klubi bosh murabbiyi Luciano Spalletti «Napoli»ga qarshi bahsda qo‘lga kiritilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Futbolchilar muxlislar ishonchini qozonishga intildi. Ular har bir yakkakurashga kirishdi, jamoa uchun mehnat qildi, bir lahza ham ikkilanmadi va o‘yinda beparvolikka yo‘l qo‘ymadi. Bu g‘alaba munosib bo‘ldi va jamoa buning uchun maqtovga loyiq.

Agar futbolchilarning o‘zi oldinga qadam tashlamasa, vaziyatni o‘zgartirish juda qiyin bo‘ladi. Yakkakurashlarda yutqazsangiz va raqibga kurashda yon bersangiz, hech qanday taktik sxema samara bermaydi.

Katta qiyinchiliklarga qaramay, juda muhim g‘alabaga erishdik. Bugun ixtiyorimizda atigi 13 nafar futbolchi bor edi», — deya Spallettining so‘zlarini keltiradi Calcionapoli1926.it.

Eslatib o‘tamiz, Luciano Spalletti o‘tgan yilning kuzida «Yuventus» bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting