locale OZ

Anvarjon Hojimirzayev to‘purarlik bo‘yicha Superligadagi eng yaxshi mavsumini o‘tkazmoqda

U allaqachon 11 ta gol urdi.
Futbol
Anvarjon Hojimirzayev to‘purarlik bo‘yicha Superligadagi eng yaxshi mavsumini o‘tkazmoqda
Фото: Динамо ПФК

«Dinamo» jamoasi hujumchisi Anvarjon Hojimirzayev «Mash’al»ga qarshi o‘yinda (3:0) gol va assistga erishdi.

So‘nggi 3 yildan buyon Samarqand klubida faoliyat yuritayotgan forvard 2024 yil Superligadagi 25 o‘yinda 10ta golga mualliflik qilgan bo‘lsa, 2025 yil 27 o‘yinda 9ta gol urgandi. Joriy yilda esa Hojimirzayev mavsum tugashiga yana 4ta tur bo‘lsa-da, 18 uchrashuvida allaqachon gollar soni bo‘yicha Superligadagi eng yaxshi natijasini qayd etmoqda.

«Dinamo»ning mavsum yakunigacha bo‘lgan raqiblari – «So‘g‘diyona», «Bunyodkor», «Neftchi», «Surxon»ga qarshi o‘yinlarida ham Anvarjon sermahsullik ko‘rsatib, jamoamiz g‘alabasiga hissa qo‘shish bilan birga o‘z natijasini yanada yaxshilashiga ishonamiz», – deyiladi klub xabarida.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting