locale OZ

Romano: «Ikardi «Inter»ga qaytishni juda xohlayapti»

Icardi 2013-yildan 2020-yilgacha «Inter» klubi sharafini himoya qilgan.
Futbol
Romano: «Ikardi «Inter»ga qaytishni juda xohlayapti»
Фото: Getty Images

Insayder Fabrizio Romano Mauro Ikardining sobiq klubi — «Inter»ga qaytish istagi borligini tasdiqladi.

«Mauro Icardi va «Inter» haqida gapiradigan bo‘lsak, uning atrofidagi vaziyatga oydinlik kiritay. Uning Italiyaga, xususan, «Inter»ga qaytishni xohlayotganida hech qanday shubha yo‘q.

O‘tgan yilning yanvar oyida u «Yuventus»ga o‘tishga tayyor edi, ammo aynan Turin klubi bu masalani davom ettirmaslikka qaror qildi.

Icardi «Inter»ga qaytishdan juda xursand bo‘lardi. Uning o‘zi ham bu haqda gapirgan va hanuzgacha klub bilan chuqur bog‘liqlikni his qiladi. Uning istagiga shubha yo‘q, endi yuzaga kelgan vaziyatga qanday baho berishni «Inter»ning o‘zi hal qilishi kerak», — deya Romano so‘zlarini keltiradi Fcinter1908.it.

Eslatib o‘tamiz, Mauro Ikardi 2013-yildan 2020-yilgacha Milan shahrining «Inter» klubi sharafini himoya qilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting