MLS. «Inter Mayami» safarda kambek evaziga g‘alaba qozondi, Messidan gol+pas (videosharh)
MLS 33-turidan o‘rin olgan «Nyu Inglend» hamda «Inter Mayami» jamoalari o‘rtasidagi bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu bahsda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mayami klubi safida safida Lionel Messi ushbu uchrashuvda to‘liq harakat qildi va bittadan gol hamda assist muallifi bo‘ldi.
Ayni vaqtda «Inter Mayami» 59 ochko bilan umumiy turnir jadvalining 3-pog‘onasida bormoqda, peshqadam «Neshvill» bilan oradagi tafovut 15 ochkoni tashkil etmoqda. «Nyu Inglend» jamoasi esa 58 ochko to‘plagan holda jadvalda 4-o‘rinni band etgan.
MLS, 2 noyabr.
Nyu Inglend — Inter Mayami 1:2
Gollar: Gazdag 53 — Berterame 69, Messi 83.
Inter Mayami — Sent-Kleyr, Lujan (Regilon 63), Kazemiro, Mikael, Frey, de Paul, Brayt (Galarza 63), Segoviya (Mura 90), Berterame (Ayala 90), Messi, Rikelme (Suares 71).
https://www.youtube.com/watch?v=TPo29saZ8_4&t=2s