locale OZ

«Liverpul» o‘z antirekordini takrorladi

Jamoa bunday past natijani avval 1913/1914 va 2012/2013-yilgi mavsumlarda ham qayd etgan.
Futbol
«Liverpul» o‘z antirekordini takrorladi
Фото: Getty Images

Angliya Premer-ligasining 10-turida «Liverpul» o‘z maydonida Londonning «Arsenal» klubiga minimal hisobda mag‘lub bo‘ldi.

Ushbu uchrashuvda gol ura olmagan mersisaydliklar mavsum boshidan buyon o‘z maydonida o‘tkazgan dastlabki beshta o‘yindagi eng kam gollar ko‘rsatkichini takrorladi. Hozirga qadar «Liverpul» hisobida atigi to‘rtta gol mavjud. Jamoa bunday past natijani avval 1913/1914 va 2012/2013-yilgi mavsumlarda ham qayd etgan.

Keyingi turda joriy mavsumdagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib olgan «Liverpul» yana bir London klubi — «Kristal Pelas» mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv 8-noyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting