Spalletti: «Raqibga haqiqiy bosim oʻtkazishimiz uchun zarur boʻlgan muvozanatni topa olmadik»
«Yuventus» bosh murabbiyi Luciano Spalletti Italiya chempionatining 9-turi doirasida «Jenoa»ga qarshi kechgan va 0:2 hisobidagi magʻlubiyat bilan yakunlangan uchrashuv haqida fikr bildirdi.
«Eng avvalo, oʻyinimiz uchun muxlislardan uzr soʻramoqchimiz. Bugun kechqurun sodir boʻlgan voqealarni anglab olishimiz uchun biroz vaqt kerak.
Raqibga haqiqiy bosim oʻtkazishimiz uchun zarur boʻlgan muvozanatni topa olmadik. Nima sababdan bunday boʻlganini yaxshiroq tushunib olishni istayman.
Bugun raqib bizni barcha jihatlarda ortda qoldirdi va buni tan olishimiz kerak. Biz jismoniy tayyorgarlik borasida ham, kurashchanlik ruhi jihatidan ham yanada kuchayishimiz zarur», — deya Spallettining soʻzlarini «Yuventus» klubining rasmiy sayti keltirmoqda.