locale OZ

Pulishich: «Bu har doim haqiqiy jang bo‘ladi»

Amerikalik futbolchi derbi oldidan fikr bildirdi.
Futbol
Pulishich: «Bu har doim haqiqiy jang bo‘ladi»
Фото: Getty Images
Italiya A seriyasi
31.10.2026, 15.45
Milan
-
Inter
-

«Milan» hujumchisi Kristian Pulishich Italiya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan «Inter»ga qarshi uchrashuv oldidan o‘z kayfiyati haqida gapirdi. Avvalroq futbolchi «rossonerilar» bilan shartnomasini uzaytirgan edi.

«Mening asosiy maqsadim doimo gol urish, golli uzatmalarni amalga oshirish va jamoaga yordam berishdan iborat. Qiyin damlarda ham bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildirishim kerak. “Milan” men uchun alohida ahamiyatga ega klub.

Derbi? Men uchun bu futbol tarixidagi eng yaxshi uchrashuv. Bu har doim haqiqiy jang bo‘ladi. Biz futbolchilar uchun bundan yaxshiroq narsa yo‘q. Men doimo o‘yin taqdirini hal qilishga harakat qilaman. “Inter” kuchli jamoa. G‘alaba qozonish uchun deyarli mukammal o‘yin ko‘rsatishimiz kerak bo‘ladi. Ammo biz buni uddalay olamiz», — deya Pulishichning so‘zlarini keltirmoqda Sport Mediaset.

Italiya chempionatining joriy mavsumida 28 yoshli Kristian Pulishich 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, uning hisobida Yevropa Ligasidagi 2 ta uchrashuv ham bor.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting